Xizmatlar

TRANSFER VA BOSHLANG‘ICH MOSLASHUV XIZMATLARI

1. Toshkent aeroportidan kuzatish

Siz o‘qish uchun xorijga jo‘nab ketayotganingizda, Future Study.uz jamoasi sizni Toshkent xalqaro aeroportidan kuzatib qo‘yadi. Kerakli hujjatlaringizni tekshirib, yo‘lda hech qanday muammo bo‘lmasligi uchun maslahatlar beramiz.

2. Istanbul aeroportidan kutib olish

Siz Istanbulga yetib kelganingizda, sizni oldindan kelishilgan joyda kutib olish xizmatini taqdim etamiz. Xorijiy davlatga ilk bor kelgan talaba uchun aeroportdan chiqish, transport topish va manzilga yetib borish biroz qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababli biz sizni aeroportdan kutib olib, zarur bo‘lsa, yuklaringizni tashishda ham yordam beramiz.

3. Transport xizmatlari

Siz Istanbul aeroportiga yetib kelganingizdan so‘ng, universitetingiz yoki turar joyingizgacha qulay transport bilan yetkazib beramiz. Yangi muhitda transport tizimi bilan tanishish, to‘g‘ri manzilga borish ba’zan vaqt talab qiladi. Shu bois, biz sizning harakatlanishingizni osonlashtirib beramiz.

TURKIYADA YASHASH VA MOSLASHUV XIZMATLARI

4. Sim-karta va zarur jihozlar bilan ta’minlashi

Yangi davlatga kelganingizda, sizga aloqa o‘rnatish va internetdan foydalanish muhim bo‘ladi. Biz sizga mahalliy operatorlarning eng qulay tariflarini tanlashda yordam beramiz va sim-karta, zarur bo‘lsa, noutbuk yoki boshqa texnik jihozlarni xarid qilishda maslahat beramiz.

5. Universitet bilan tanishtirish va hujjatlarni rasmiylashtirish

Universitetga kirish hujjatlari bilan bog‘liq jarayonlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz sizni universitetga olib borib, administratsiya bilan tanishtiramiz, kerakli hujjatlarni topshirishda yordam beramiz va barcha jarayonlar silliq o‘tishi uchun zarur ko‘rsatmalarni beramiz.

6. Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma (ikamet) olish

Turkiyada uzoq muddat yashash uchun ikamet (yashash ruxsatnomasi) olish talab etiladi. Ushbu jarayon ba’zan murakkab va ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Future Study.uz siz uchun barcha hujjatlarni tayyorlab, ularni Goc idaresi (migratsiya idorasi)ga topshirib, ruxsatnoma olish jarayonini tezlashtirib beradi.

7. Uy-joy masalasida yordam

Yangi davlatda eng katta muammolardan biri – turar joy topish. Talabalar ko‘pincha aldovlarga uchrab yoki qimmat uylarni ijaraga olib, ortiqcha xarajat qilishadi. Biz esa sizga arzon va qulay turar joy topib beramiz va bu jarayonda maklerlarsiz ishlaymiz. Shuningdek, uy ijaraga olish bo‘yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirishda ham yordam beramiz.

Chet elda ta’lim olish – hayotdagi eng muhim bosqichlardan biri. Yangi davlatga ko‘chib o‘tish, muhitga moslashish va hujjatlar bilan bog‘liq jarayonlar esa ba’zan murakkab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, birinchi marta xorijga chiqayotgan talabalar uchun bu jarayon qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Future Study.uz kompaniyasi sifatida biz nafaqat sizning universitetga o‘qishga qabul qilinishingizni ta’minlaymiz, balki sizning Turkiyadagi birinchi kunlaringizdan boshlab to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz

TRANSFER

Bizning TRANSFER VA JOYLASHUV XIZMATIMIZ sizga yangi muhitga tez moslashish, hujjatlar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmaslik hamda qulay va xavfsiz yashash sharoitlariga ega bo‘lish imkonini beradi. Quyida biz taklif qilayotgan xizmatlar bilan batafsil tanishing